KOREYS TILIDA MURAKKAB FE'LLARNING SEMANTIK TASNIFI
Keywords:
intensivlik, modalitet, fe’llar, murakkab fe’llar, semantik tasnif, leksik tahlil, morfosintaktik xususiyatlar, semantik kategoriyalar, kompozit fe’l strukturalari, harakat intensivligi, modalitet, leksiko-semantik aloqa, ma’no nozikliklari, tabiiy tilni qayta ishlash, nazariy lingvistika.Abstract
Ushbu maqolada koreys tilidagi murakkab fe'l birikmalarining murakkab semantik xususiyatlarini chuqur tahlil qilishga qaratilgan tadqiqot natijalarini taqdim etadi. Ushbu maqola murakkab fe'llarning leksik, morfosintaktik va semantik jihatlarini hisobga olgan holda, ularni semantik kategoriyalar bo'yicha izchil tasniflash metodologiyasini ishlab chiqadi. Tadqiqotda koreys tili nutqida “tez-tez” uchraydigan turli xil murakkab fe'l konstruktsiyalariga e'tibor qaratib, ularning ma'no jihatidagi o'zaro aloqadorliklarini, harakatning xarakteri, voqelik modaliteti, sababiyat, intensivlik va boshqa nozik semantik komponentlarni aniqlanadi. Maqolada, shuningdek, semantik jihatdan bir-biriga yaqin bo'lgan murakkab fe'llarni farqlashdagi qiyinchiliklarga e'tibor beriladi hamda aniq me'zonlar va belgilangan kategoriyalar asosida ularni semantik jihatdan to'g'ri ajratish muhimligi ta'kidlanadi. Maqola koreys tilshunosligi, semantik tadqiqotlar va tabiiy tilni qayta ishlashda qo'llaniladigan yondashuvlar o'rtasidagi aloqa nuqtalarini ochib berib, murakkab fe'llar semantikasini chuqur o'rganish uchun zarur bo'lgan analitik asosni yaratadi. Ushbu tadqiqot ish natijalari annotatsiyalangan korpuslar va yuqori sifatli lingvistik resurslar yaratilishiga zamin hozirlaydi, koreys murakkab fe'llar semantikasi bo'yicha nazariy bilimlarni boyitadi va amaliy lingvistik ishlanmalar uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Shuningdek, kelgusidagi tadqiqotlar uchun yana ham asosiy yo'nalishlar belgilab beradi.
References
1. Ubaydullayeva, Z., & Aripova, A. (2023). KOREYS TILINI O ‘RGANISHDA MUHIM JIHATLARIGA AHAMIYATNI QARATISH. UNIVERSAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE, 1(7), 103-107.
2. Aripova, A., & Ubaydullayeva, Z. (2023). O ‘ZBEK VA KOREYS TILLARINI O ‘RGANISHNING O ‘ZIGA XOS LINGVISTIK JIHATLARI. Центральноазиатский журнал образования и инноваций, 2(11 Part 3), 22-27.
3. Chae, H. R. (1997). Verbal nouns and light verbs in Korean. 어학연구.
4. 정찬, & 김종복. (2008). Korean serial verb constructions: A construction-based approach. 생성문법연구, 18(4), 559-582.
5. Lee, H. (2019). On the Distribution of Semantic Classes of Dative Verbs in Syntactic Constructions in Korean. 언어, 44(2), 255-291.
6. Bak, J. (2011). The light verb construction in Korean (Doctoral dissertation, University of Toronto).
7. Kim, S., Yoon, J., Seo, J., & Park, S. (2012). Improving Korean verb–verb morphological disambiguation using lexical knowledge from unambiguous unlabeled data and selective web counts. Pattern recognition letters, 33(1), 62-70.