Journals
-
«Nofilologik oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini mutaxassislik maqsadida o‘qitish istiqbollari, muammo va yechimlar»
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 18
yanvardagi 16-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023
yil 4- iyuldagi PQ-200 qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi №16-sonli buyrug‘ida nazarda
tutilgan, institutda o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro miqyosidagi ilmiy va ilmiy-amaliy
anjumanlarni mazkur buyruq bilan tasdiqlangan 1-ilova asosida belgilangan muddatlarda va
yuqori ilmiy saviyada o‘tkazilishini maqsadida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini
mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, Iqtisodiyot fakulteti
“Ingliz tili” kafedrasida 2025 yil 15-fevral kuni «Nofilologik oliy ta’lim muassasalarida ingliz
tilini mutaxassislik maqsadida o‘qitish istiqbollari, muammo va yechimlar» (Prospects of
teaching English for professional purposes (ESP) in non-phylological higher education
institutions: problems and solutions) mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.
Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda yalpi majlis va quyidagi sho’balarda mavzular rejalashtirilgan:
1.Ingliz tili fanini muayyan maqsadlar uchun o‘qitish ahamiyati.
2.Til o’rganish va o’rgatishning turli sohalar doirasida ahamiyati.
3.Til o’qitish tizimini yaxshilash va o’qitish jarayonini modernizatsiyalash.
4.Til o’qitish jarayonida jahon standartlaridan foydalanish va undan ko’zlangan natijalar
samarasi
5.Ingliz tilini dunyo tili sifatida o’qitish va o’rganishning mohiyati
6.Nofilologik yo’nalishlarda tahsil olayotgan talabalarga xorijiy tilni o’qitish mexanizmi
7.Tilni o’qitish jarayonida interfaol ,metod va texnikalardan foydalanish samaradorligi
8.Ingliz tilini o’qitishda motivatsion o’quv muhitini yaratish chora-tadbirlari
9.Tilni o’qitishda kommunikativ malakalar rolini ochib berish
10.Nofilologik yo’nalishlarda ingliz tili o’rganishning integratsion muamolari va unga
qaratilgan yechimlar